Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar

Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar

26 июль 2023 йил
168
0

Naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimni tuzish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib bo‘lingan, ma’naviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni o‘rnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazgan bo‘lsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab bo‘lgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat: a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda shaxs jazodan ozod etiladi.
O‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash yoki ularni o‘tkazish — ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar: a) takroran yoki xavfli residivist tomonidan; b) ko‘p miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar: a) juda ko‘p miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fuqarolarning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olishi yoki o‘tkazishi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar: a) takroran yoki xavfli residivist tomonidan; b) ko‘p miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar: a) juda ko‘p miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.

Qaxramon Xolmurodov 
Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар