Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Hayotga qarshi jinoyatlar va mazkur jinoyatlarni oldini olish choralari

Hayotga qarshi jinoyatlar va mazkur jinoyatlarni oldini olish choralari

24 июль 2023 йил
149
0

Qasddan odam o‘ldirish — o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, ya’ni: a) ikki yoki undan ortiq shaxsni; b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni; v) aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni; g) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini; d) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda; ye) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; j) o‘ta shafqatsizlik bilan; z) nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda; i) tamagirlik niyatida; k) milliy yoki irqiy adovat zamirida; l) bezorilik oqibatida; m) diniy taassublar zamirida; n) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida; o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida; p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda; r) takroran yoki xavfli residivist tomonidan; s) o‘ta xavfli residivist tomonidan qasddan odam o‘ldirilishi — o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat, shuningdek uning boshqa g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish — ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Onaning o‘z chaqalog‘ini tug‘ish vaqtida yoki tug‘ilishi hamon qasddan o‘ldirishi — bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish — ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ehtiyotsizlik orqasida ikki va undan ortiq odam o‘ldirish — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, – uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar: a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan; b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, — yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish, agar shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirgan yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa, — ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.O‘sha harakatlar: a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi/

G‘iyosiddin Yalgashev

Jinoyat ishlari bo'yicha

Jizzax shahar sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар