Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Korrupsiya jinoyati va jazo choralari, uning kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari

Korrupsiya jinoyati va jazo choralari, uning kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari

24 июль 2023 йил
159
0

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasining sub’ekti davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxsi hisoblanadi.
Pora beruvchining manfaati uchun tegishli harakatlarni bajarish vakolatiga ega bo‘lmasada, lekin o‘zining egallab turgan lavozimi mavqeiga ko‘ra pora uchun ushbu harakatlar boshqa mansabdor shaxs tomonidan bajarilishi uchun chora ko‘rish mumkin bo‘lgan mansabdor shaxslar ham ushbu jinoyatning sub’ekti deb topilishi lozim.
Pul, qimmatbaho qog‘ozlar, moddiy boyliklar, shuningdek, pora oladiganga qaytarmaslik sharti bilan, lekin mulkiy mohiyatga molik bo‘lgan (masalan, ta’mirlash, qurilish, qayta tiklash ishlarini bajarish va boshqalar) xizmatlar pora predmeti bo‘lishi mumkin.
Sud mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining manfaati uchun qaysi harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik evaziga pora olinganligini aniqlashi va hukmda ko‘rsatishi lozim. Bu o‘rinda poraxo‘rlik uchun javobgarlik, pora harakat sodir qilingandan oldin yoki keyin berilishiga bog‘liq bo‘lmasdan, pora oldindan kelishilganligi, pora oluvchining manfaati uchun biron-bir harakat bajarilgan bo‘lishidan qat’i nazar, kelib chiqishini nazarda tutish lozim.
Mansabdor shaxsning o‘z qo‘li yoki nazorati ostidagi shaxslardan ularni xizmat yuzasidan himoyalash yoki qullab turish, vakolati doirasiga kiruvchi masalalarni ushbu shaxslar manfaatlarini ko‘zlagan holda hal qilganligi uchun ulardan pul mablag‘lari yoki boshqacha boyliklar olishini pora olish deb baholash lozim.
Boyliklar yoki xizmatlarni olish shartlari oldindan maxsus kelishilmagan bo‘lsada, lekin jinoyat ishtirokchilari pora, pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab berilayotganligini anglagan hollarda ham mansabdor shaxslarning harakatlari pora berish va olish deb tan olinishi kerak. Pora berish va olish uchun javobgarlik o‘zganing mulkini talon-toroj, mansab soxtakorligi, hujjatlarni soxtalashtirish va shu kabi boshqa jinoyatlar bilan bir vaqtda jinoyatlar majmui uchun jinoiy javobgarlikka tortishni mustasno qilmaydi.
Agar tasavvur qilingan pora mansabdor shaxs tomonidan olinmagan yoki olishdan bosh tortilgan bo‘lsa, pora berishga harakat qilgan shaxsning harakatini pora berish uchun suiqasd qilish kabi tavsiflash lozim bo‘ladi. Ammo pora berish va olish nafaqat mansabdor shaxsning o‘zi uni olganida, balki uning ixtiyori yoki uning topshirig‘i bo‘yicha uni boshqa shaxslar qabul qilganida ham tugallangan jinoyat hisoblanadi.
Boshqa shaxsga pora berish yo‘li bilan istalgan harakat yoki harakatsizlikka erishishni taklif qilgan shaxs pora beruvchi tariqasida javobgar bo‘ladi, pora uchun kelishilgan harakatni bajarishga kelishgan va porani topshirgan shaxs esa pora berishda ishtirokchi tariqasida javobgar bo‘lishi lozim. Agarda u taklifning mohiyatini bilgan holda porani faqatgina taqdim etsa, uning harakati poraxo‘rlikda vositachilik tariqasida tavsiflanishi kerak.
Pora oluvchining yoki beruvchining topshirig‘iga ko‘ra harakat qilib pora buyumini bevosita beruvchi shaxs vositachi bo‘lishini e’tiborga olgan holda sudlar pora olish-berishda vositachilik qilishni pora olish va berishdan farqlashlari zarur. Bu o‘rinda JKning 212-moddasi bo‘yicha vositachining harakatini tavsiflashda uning pora oluvchi yoki beruvchidan o‘z xizmati evaziga mukofot olgan-olmaganligining ahamiyati yo‘q.
Porani berish yoki olishni tashkillashtiruvchi, bunga yo‘naltirilgan turli xil faoliyat yurituvchi yoki bo‘lmasa pora berish yoki olishda yordamchi bo‘lgan va bir vaqtning o‘zida vositachilik harakatlarini bajargan shaxs pora berish yoki olishda ishtirokchilikda javobgar bo‘ladi. Bu o‘rinda ishtirokchining harakatini tavsiflash masalasi u kimning manfaatini, kim tomonidan va kimning pora beruvchiningmi yoki oluvchining tashabbusi bilan harakat qilganidan kelib chiqib, uning qasdi nimaga qaratilganligini hisobga olgan holda hal qilish lozim bo‘ladi.

Bunday hollarda JKning 212-moddasi bilan qayta tavsiflash talab qilinmaydi.
Pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilishni takroriylik belgisiga ko‘ra tavsiflash ushbu jinoyatning o‘zini ikki marotabadan kam bo‘lmagan miqdorda sodir etilishini va ulardan hech biri uchun shaxsning sudlanmaganligini hamda jinoiy javobgarlikka tortishning muddati o‘tib ketmaganligini taqozo etadi.
Mansabdor shaxsning bir vaqtning o‘zida bir necha shaxsdan poralarni olishi, basharti pora beruvchilarning har biri uchun alohida qilmish sodir etilsa, takroriy pora olish deb tavsiflanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasiga ko‘ra - Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora olish: a) takroran, xavfli residivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) ko‘p miqdorda; v) tamagirlik yo‘li bilan; g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora olish: a) juda ko‘p miqdorda; b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa — o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ergash Qarshiev
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Jizzax shahar sudining sudyasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар