Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» JIZZAX SHAHRINING QALIYA, TOSHLOQ VA NURLIOBOD MAHALLALARIDA JIZZAX TUMANLARARO IQTISODIY SUDI RAISI TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN TARG‘IBOT ISHLARI

JIZZAX SHAHRINING QALIYA, TOSHLOQ VA NURLIOBOD MAHALLALARIDA JIZZAX TUMANLARARO IQTISODIY SUDI RAISI TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN TARG‘IBOT ISHLARI

24 март 2023 йил
237
0

“Korrupsiya milliy xavfsizlikka taxdid”, “Yangi O‘zbekiston – huquqiy demokratik davlat: inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy asoslari,qonuniylikni yana-da rivojlantirish istiqbollari”, “Mamalakatimizda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlashning asosi sifatida mulk huquqini sud orqali himoya qilish Konstitutsiyaviy islohotlarning muhim ustuvor yo‘nalishi”  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi  “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni mazmun-mohiyati, odam savdosiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish mavzusi.

 Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun masʼul bo‘lgan alohida organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda transport vositalariga davlat raqam belgilarini berish, notariat va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yer uchastkalarini ajratish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi ko‘plab sohalarda korrupsiya va suiisteʼmolchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilmoqda. Shu bilan birga, ko‘rilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, kapital qurilish, litsenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish, ishga qabul qilish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya holatlari saqlanib qolmoqda.

“Yangi O‘zbekiston – huquqiy demokratik davlat: inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy asoslari,qonuniylikni yana-da rivojlantirish istiqbollari” xabaringiz bor mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan 2023 yil 30 aprel kuni referendum o‘tkazish belgilandi. Bosh qomusimiz hisoblangan konstitutsiyaning yangi tahriri har birimiz uchun ahamiyatli. Loyiha 6 bo‘lim, 27 bob va 155 moddadan iborat. Ushbu  konstitutsiyaning II bo‘limida Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari belgilangan bo‘lib, 21-moddasiga asosan Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.  Inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart. Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin. Konstitutsiyamizda “Mamalakatimizda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlashning asosi sifatida mulk huquqini sud orqali himoya qilish Konstitutsiyaviy islohotlarning muhim ustuvor yo‘nalishi” sifatida belgilangan. Jumladan, 67-modda.  Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi. Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi. Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi. Ushbu loyihada alohida XXIV bob. Advokatura  bobi mavjud bo‘lib, 141-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi. Advokaturanitashkiletishvauningfaoliyatitartibiqonunbilanbelgilanadi. Bu o‘z navbatida, tadbirkorlarga va fuqarolarga ko‘rsatiladigan yuridik yordam bosh qomusimiz bilan kafolatlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni qabul qilishining asosiy maqsadi Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘lgan.

Farmonga asosan 2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur 1-ilovaga muvofiq; 2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

Shuningdek, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab: byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanishi;mazkur yuridik shaxslarning ushbu band ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xodimlar oldidagi majburiyatlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘langan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi hajmida kamaytirilishi belgilab qo‘yilgan.

Xotin-qizlarga taʼlim olishlari uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:

  1. a) oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki taʼlim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning taʼlim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat byudjetidan har yili 1,8 trillion so‘m resurs mablag‘lari yo‘naltirilgan.
  2. b) davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash

 maqsadida, Davlat byudjetidan har yili kamida 200 milliard so‘m moliyalashtirilgan.

  1. v) xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari bo‘yicha — 50 nafar, magistratura taʼlim dasturlari bo‘yicha — 10 nafar xotin-qizlarga har yili «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratib borilishi belgilangan.
  2. g) har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan jami 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning taʼlim kontraktlari mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab borilishi ko‘zda tutilgan.
  3. d) mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili Qo‘mita tavsiyanomalariga asosan davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish amaliyoti joriy etilishi belgilan.

O.Asatov

Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар