Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » JIZZAX SHAHAR KENGASHINI 52-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

JIZZAX SHAHAR KENGASHINI 52-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

20 апрель 2023 йил
195
0

 Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 52-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Jizzax shahar hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari, kun tartibiga aloqador korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyani Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi – Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov olib bordi.

Birinchi masala Jizzax shahar 1-sektor hududini ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish, aholining  ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini qo‘llab quvvatlash borasida joriy yilning 1-choragida olib borilgan ishlar to‘g‘risida sektor rahbarining hisoboti tinglandi. Hisobotda keltirilishicha 1-chorak davomida hududdagi 509 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi, 98 nafar fuqaro kasb hunarga o‘qitildi.



Navbatdagi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinnig Jizzax shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Ilxom Xazratqulov tomonidan sektorlar va hududdagi tashkilot rahbarlari faoliyati, aholi bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha “hokim yordamchilari” faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan ma’ruzasi tinglandi. Unda 2023-yilning 1-choragida jami 1556 ta murojaatlar kelib tushganligi, ularning 687 tasi ijobiy hal etilganligi, qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha korxona tashkilotlarga yuborilib, nazoratga olinganligi aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng 2- va 3-sektor rahbarlarining hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar borasida olib borilayotgan ishlar hamda “Obod mahalla” va “Yashil makon” dasturlari doirasida ham bajarilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi. Har bir ma’ruzachiga Deputatlar tomonidan savollar va takliflar yo‘llanib, masalalar joyida muhokama etildi.

Shuningdek 4-sektor rahbari, Jizzax shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jo‘rabek Axbo‘tayev ham o‘z hududida aholi farovonligi, tozalik va obodonlashtirish, qurilish bunyodkorlik ishlarining borishi to‘g‘risida, qolaversa, fuqarolar murojaatlari va ularning yechimi borasida olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lum qildi.

Sessiya davomida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantrish dasturlarini amalga oshirish, byudjet daromadlar bazasini rivojlantrish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha 1-chorak davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida Jizzax shahar hokimining Moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Ergashevning ma’ruzasi tinglandi.

 

 Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib, Jizzax shahrida “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidagi mablag‘larni ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun ajratish  hamda Jizzax shahar mahalliy byudjetining daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

 

 Shuningdek yuqorida  ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinib, sessiya o‘z ishini yakunladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар