Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » XALQ DEPUPATLARI JIZZAX SHAHAR KENGASHINING 49-SESSIYASI

XALQ DEPUPATLARI JIZZAX SHAHAR KENGASHINING 49-SESSIYASI

24 январь 2023 йил
304
0

 Jizzax shahar hokimligida o‘tkazilgan 49-sessiyaga Jizzax shahar hokimi, hokim o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari, kun tartibiga aloqador korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari taklif etildi.

Sessiya ishini Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov ochib berdi va olib bordi.

 Birinchi bo’lib Jizzax shahridagi 4 ta sektor rahbarlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini qo‘llab-quvvatlash hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirayotgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal sovuq havo sharoitida kommunal sohada bajarilayotgan ishlar, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida soha vakillariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi doimiy komissiyalarining 2023-yil birinchi yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi va Jizzax shahar mahalliy byudjetining daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

 Shuningdek, yuqorida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinib, sessiya o‘z ishini yakunladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар