Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10

RASMIY MUNOSABAT

12 апрель 2023 йил
203
0

Joriy yilning 11-aprel kuni “Кушербаевга мурожаат” telegram kanalida “Жиззах вилояти ҳокими диққатига!...” mazmundagi postga

 

RASMIY MUNOSABAT

 

Joriy yilning 11-aprel kuni “Кушербаевга мурожаат” telegram kanalida “Жиззах вилояти ҳокими диққатига!...” mazmundagi postga Jizzax shahar hokimligini ishchi guruhi jarayonni o‘rganib, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Xolboyeva Nodira Lapasovna 1978-yil 7-fevralda tug‘ilgan, 1-guruh nogironi, 2 nafar voyaga yetmagan farzandi bor, turmushidan ajrashgan, “Ayollar daftari”ning 3-toifasi boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar toifasiga kiritilgan.

Fuqaro Nodira Xolboyevani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 1 200 000 (bir million ikki yuz ming) so‘m miqdorida moddiy yordam, 2023-yilning yanvar oyida sog‘ligini tiklash uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ikki nafa farzandi uchun kiyim kechak, hamda 3 000 000 (uch million) so‘m miqdorida moddiy yordam ajratilgan.

2 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun ijtimoiy ta’minot bo‘limi  tomonidan 18 yoshgacha nafaqa puli tayinlangan. Yashab turgan xonadoniga 2022-yilning dekabr oyida Jizzax shahar hokimligi tomonidan homiylik asosida issiqlik tizimi o‘rnatib berilgan.

Fuqaro Nodira Xolboyevaga murojaati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni  tasdiqlash haqida”gi 182-sonli qaroriga asosan uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badal yoki foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilanganligi, ushbu masala yuzasidan belgilangan muddatlarda davlat xizmatlari  markaziga yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirish berilgan.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар