RASMIY MUNOSABAT
Joriy yilning 26-mart kuni “jizzaxliklar hamjamiyati” feysbuk kanali orqali “Bollarimni yakshanba kuni Shahrimizdagi Oʻrda bogʻiga olib bordim. Toʻgʻrisi ilgari xech kirmaganman. Toʻgʻrisi bogʻga achindim. Bu bogʻda davlat masʼullarining ham tadbirkorlarning ham etiborsizligi shundoq koʻrinib turibdi. Bu meni shaxsiy fikrim. Qolganlarni bilmadim. Kamchiliklar juda koʻp.” mazmundagi postga
RASMIY MUNOSABAT
Joriy yilning 26 mart kuni “jizzaxliklar hamjamiyati” feysbuk kanali orqali “Bollarimni yakshanba kuni Shahrimizdagi Oʻrda bogʻiga olib bordim. Toʻgʻrisi ilgari xech kirmaganman...” mazmundagi postga Jizzax shahar hokimligini ishchi guruhi jarayonni o‘rganib, quyidagilarni ma’lum qiladi. Joriy yilning 31-mart kuni O‘rda ekalogik bog‘i rahbariyati, Milliy gvardiya jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va xodimlari ishtirokida bog‘ hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanib kelayotgan tadbirkorlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tadbirkorlarga ajratib berilgan hududlarini chiqindilardan tozalash va ozodalikka rioya etish, qolaversa, fuqarolar bilan xushmomilada bo‘lishi ta’kidlandi.
Barcha qulaylik va sharoitlarni yaratish, yuqorida nazarda tutilgan kamchiliklar va e’tirozlarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati