Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » 119 NAFAR BITIRUVCHI SERTIFIKAT BILAN TAQDIRLANDI

119 NAFAR BITIRUVCHI SERTIFIKAT BILAN TAQDIRLANDI

15 март 2023 йил
215
0

 2023-yil 15-mart kuni Jizzax arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi Qurilish sohasi malakali mutaxassislar tayyorlash markazida navbatdagi 6-bosqich tinglovchilarining bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Bugungi Bitiruvchilarni taqdirlash tadbirida Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov ham ishtirok etdi. 6-bosqichda 119 nafar bitiruvchi Qurilish sohasi malakali mutaxassislar tayyorlash markazining maxsus Sertifikati bilan taqdirlandi.

 

Qurilish sohasi malakali mutaxassislar tayyorlash markazi 2021-yil 1-aprelda tashkil topgan. Har uch yarim va to‘rt yarim oyda yo‘nalishiga ko‘ra tinglovchilar bitirishadi. Markazda 14 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, stipendiya orqali tahsil olishadi. Shu bilan birga yotoqxona va 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi.

 

Jizzax viloyati hududida istiqomad qiluvchi va ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu markazda bugunga qadar 853 nafar tinglovchi Sertifikat bilan taqdirlandi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар