Prezident sovg`asi topshirildi
Mamlakatimiz rahbarining shu yil 7 maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi farmoni asosida Jizzax shahrining “Zilol” mahallasida yashovchi Vera Tolpeevaga Prezidentning esdalik sovg`asi va 20 million so`m topshirildi. Shu yilning 1 oktyabrida 98 yoshni qoralaydigan ushbu ayol ИИ Jahon urushi dahshatlarini boshidan kechirgan.
Ichki ishlar organlari, Jizzax harbiy garnizoni, Jizzax shahar hokimligi kabi bir qator idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida o`tgan samimiy muloqotda Prezident tabrigini Jizzax viloyati IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov o`qib, eshittirdi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)