Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan IIB maʼmuriy binosi hududida hashar tadbirlari o‘tkazildi!!!
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.T.Abdullayevning 2023 yil 04-avgust kuni №3/1-10-2510 sonli ko‘rsatmasiga asosan vazirlikning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari maʼmuriy binolarida va ularga tegishli bo‘lgan hududlarda doimiy ravishda obodonlashtirish va tozalik ishlarini olib borish maqsadida haftaning har shanba kuni umumhashar ishlari tashkillashtirilishi belgilandi.
Jizzax shahar IIB maʼmuriy binosi hududida tashkil etilgan hashar tadbirida jami 120 nafardan ortiq xodimlar o‘zlariga biriktirilgan uchastkalarni obodonlashtirish yuzasidan ishtirok etdilar.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)