Yangi O'zbekistonning "Ibratli harbiy oilasi" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "Aholiga madaniy xizmat ko'rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-406-sonli qaror ijrosi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "Aholiga madaniy xizmat ko'rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-406-sonli qaror ijrosi.
Joriy yil 3-may kuni Jizzax shahar 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida Jizzax shahar Madaniyat bo'limi hamda Milliy gvardiya Jizzax viloyat bo'yicha boshqarmasi hamkorligida Harbiy xizmatchilar a'zolari bilan Yangi O'zbekistonning "Ibratli harbiy oilasi" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
Tanlovning badiiy musiqiy qismida Jizzax shahar 1-son madaniyat markazi qoshidagi "Sangzor" estrada xalq havaskorlik jamoasi xonandalari Farhod Farmonov, Vohid Qarshiyev, "Sayxon" sadolari ashula va raqs ansambli sozandalari, xonanda Saodat Karimovalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar harbiy askar oila a'zolariga o'zgacha ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.