Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzaxda kinoijodkorlar harbiylarni bayram bilan qutlashdi

Jizzaxda kinoijodkorlar harbiylarni bayram bilan qutlashdi

21 август 2023 йил
129
0

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda okrug qo‘mondonligi hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda Mustaqilligimizning 32 yilligi hamda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonning yangi kinolari” oyligi munosabati bilan kino va teatr ijodkorlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Dastlab poytaxtdan tashrif buyurgan mehmonlar Jizzax garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestr jamoasining Vatannni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari bilan tantanali kutib olindi.
Harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari bilan o‘tkan uchrashuvda taniqli aktyor va aktrisalar tinch va osuda hayotimizni taʼminlayotgan harbiylarni bayram bilan qutlab, xalqimizning shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga va inson qadrini ulug‘lash qo‘shayotgan hissalarini eʼtirof etishdi.
Shundan so‘ng, milliy kino sanʼatimizning “Oltin fondi”dan o‘rin olgan asarlarni ommaga yoyishga, uning yaratilish tarixi va mazmun mohiyatini yetkazish ahd qilgan ijodkorlar bu gal turli kinofilm va spektallardan parchalar namoyish etishdi.
Ayniqsa, sanʼatkorlar tomonidan Vatan va tinchlikni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlarning ijro etilgani barchani shu ona zaminni asrab-avaylash va tinch zamonning qadriga yetishga undagan bo‘lsa, ajab emas.
Umuman olganda bu kabi uchrashuvlar har bir kishi ruhiyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, hayotdan mamnun, zavq olib yashashga undamoqda. Ushbu tadbir harbiylarimizga ekranlarda sevib tomosha qilgan kino qahramonlari, qo‘shiqchilari bilan yuzma-yuz ko‘rishish imkoniyatini yaratgani bilan ham ahamiyatlidir.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар