Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli'' shiori ostida tashkil etilgan esselar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

“O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli'' shiori ostida tashkil etilgan esselar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

21 октябрь 2023 йил
64
0

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 18-19-oktabr kunlari Jizzax «Sambhram» universiteti faollar zalida Jizzax shahar hokimligi, maʼnaviyat va maʼrifat markazi Jizzax shahar bo‘linmasi hamda Jizzax «Sambhram» universiteti hamkorligida 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan esselar tanlovi tashlik etildi.

Tanlovning ikkinchi kunida Jizzax «Sambhram» universiteti faollar zalida g‘oliblarni taqdirlash hamda bayram munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida, O‘zbekiston telekanali Jizzax viloyati bo‘yicha muxbiri, hakamlar hayʼati raisi Dilmurod Abdurahimov so‘zga chiqib, yozilgan esselar hamda ularga qo‘yilgan ballarga to‘xtalib o‘tdi.

Yakuniy ballarga ko‘ra, shahar korxona va tashkilotlari o‘rtasida:Yakuniy ballarga ko‘ra, shahar korxona va tashkilotlari o‘rtasida:

1-o‘rin-Jizzax shahar 4-oilaviy poliklinika;

2-o‘rin-Jizzax shahar qo‘riqlash xizmati;

3-o‘rin-Shahar 36-DMTT;

Taʼlim muassasalari o‘rtasida:Taʼlim muassasalari o‘rtasida:
1-o‘rin-2-umumiy o‘rta taʼlim maktabi;

2-o‘rin-1-30-umumiy o‘rta taʼlim maktablari;

3-o‘rin-Jizzax «Sambhram» universiteti hamda 6-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchi va talabalari munosib deb topildi.

Tadbir so‘ngida tanlov g‘oliblari hamda faol ishtirokchilar shahar hokimining diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, tadbirni ko‘tarinki ruxda, yuqori saviyada tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun tashkilotchilarga ham shahar hokimining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir o‘quvchilar tomonidan davlat tilimizni madh etuvchi kuy qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

 Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар