O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish mavzusida o'quv-amaliy seminar tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlarining bilim saviyasini oshirish maqsadida Davlat tilida ish yuritish mavzusida o‘tkazilgan o‘quv-seminari tashkil etildi.
Jizzax shahar hokimining Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Surayyo Sherqo‘ziyeva rahbarligida shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlarining bilim saviyasini oshirish maqsadida 2023-yilning 8 – 10-avgust kunlari Davlat tilida ish yuritish mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
2023-yilning 8-avgust kuni o‘quv-seminariga A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazining Jizzax viloyati filiali o‘qituvchisi Ibragimov Xayrulla Hamdamovich taklif etilib, ustoz tomonidan O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish mavzusida ma’ruza o‘qildi.
Shuningdek, 2023-yilning 9-10-avgust kunlari shahardagi
8-maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Ubaydullayeva Zuhra O‘ktamovna tomonidan lotin yozuviga asoslangan davlat tilida ish yuritish borasida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Bo‘lim xodimlariga Davlat tilida ish yuritish hujjatlari, O‘zbek tili imlo lug‘ati hamda imlo qoidalariga amal qilish bo‘yicha ma’ruzalar qilindi. Darslar yakunida xodimlarning bilimini sinab ko‘rish maqsadida diktant ham olindi.
S.Sherqo'ziyeva
Shahar hokimining
davlat tili bo'yicha maslahatchisi