Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Bosh vazir o‘rinbosari Jizzax shahridagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi

Bosh vazir o‘rinbosari Jizzax shahridagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi

15 сентябрь 2023 йил
124
0

Joriy yilning 8-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat rahbari tomonidan global ishlab chiqarish va transport-logistikadagi uzilishlar, hamkor davlatlardagi inflyatsiya sanoat ishlab chiqarish va eksport bo‘yicha rejalar muhokama etilib, mutasaddilarga topshiriqlar berilgan edi.

Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Jizzax shahridagi "RAW, MATERIALS CELLULOSE" mas`uliyati cheklangan jamiyati, “MINGYUAN SILU INDUSTRY” ХК hamda "SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI TO'QIMACHILIK KOMBINATI" mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Jamshid Xo‘jayev har bir subyekt rahbari bilan bevosita muloqotda bo‘lib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksportni rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tan narxini pasaytirish, shu bilan birgalik ulardagi infratuzilmalar bilan bog‘liq muammolarni o‘rgandi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар