Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » 30-iyuldan 30-avgustgacha “Obodonlashtirish oyligi”ni o‘kazish belgilab olindi

30-iyuldan 30-avgustgacha “Obodonlashtirish oyligi”ni o‘kazish belgilab olindi

01 август 2023 йил
420
0

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 20-iyulda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarining holatini yaxshilash, “mahalladan xonadongacha” tamoyili asosida joriy yilning 30-iyuldan 30-avgustiga qadar “Obodonlashtirish oyligi”ni o‘kazish belgilab olindi.

“Obodonlashtirish oyligi” doirasida shahar mahallalari hududlarini obodonlashtirish, shahar hududida tozalash ishlarini amalga oshirish, korxona va tashkilotlar hududlarini, ko‘p kvartirali uylarning, savdo obyektlarining atrofini, bozorlar, magistral ko‘chalar va boshqa turdagi obyektlar hududlarini obod qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, shahardagi tashqi reklama obyektlarining “Tashqi reklama bozorini tartibga soliq to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori talablariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazish, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish ham belgilangan.

 Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар