Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahri “Zilol” MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar to‘g‘risida RASMIY MUNOSABAT

Jizzax shahri “Zilol” MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar to‘g‘risida RASMIY MUNOSABAT

12 июль 2023 йил
87
0

Jizzax shahar telekanali “Zamin” axborot dasturi orqali Jizzax shahri “Zilol” MFY  Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 15 ta ko‘p qavatli uylar oldidagi daraxtlar suvsizlikdan qurigani, hududda o‘rnatilgan yoritish chiroqlarining simlari ochiq holatda ekani, yuqori kuchlanishli elektr shitlari himoya to‘siqlari bilan o‘ralmagani, devorlarning shuvoqlari ko‘chib ketgani, 7-8 uylarning yerto‘lasini esa suv bosgani tanqid ostiga olingan.

Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan chora ko'rilib, shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan tegishli tashkilotlarga muammoni yog‘ingarchilik kunlarga qolmasdan bartaraf etish yuzasidan topshiriq berilgan edi.

Ayni vaqtda mutasaddilar tomonidan Zilol mahallasi 15 ta ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatish uchun "Zilolobod" BSK MCHJ tashkil etilib, yuqorida keltirilgan muammolar boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan bartaraf etildi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар