RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax shahriga kirib borish yo‘lida ekilgan daraxtlar eʼtiborsizlik natijasida qurib qolgani haqida xabar eʼlon qilingan edi.
Mazkur holat yuzasidan shahar hokimligi mutasaddilari, tegishli tashkilotlar hamda Axborot xizmati tomonidan tezkor tadbirlar amalga oshirildi. Natijada Amir Temur mahallasi katta M39 yo'li yoqasiga ekilgan mevali va manzarali daraxtlarni sug'orish uchun ariq qazilib, suv olib kelindi. Ayni paytda muammo to'liq bartaraf etildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)