Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » "ENG ULUG‘, ENG AZIZ" tanloviga ijodiy ishlar qabul qilish boshlandi

"ENG ULUG‘, ENG AZIZ" tanloviga ijodiy ishlar qabul qilish boshlandi

04 август 2023 йил
61
0

DIQQAT, EʼLON!

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” anʼanaviy respublika ko‘rik-tanlovini eʼlon qildi.


Tanlovga “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlar-materiallar qabul qilinadi.


“ENG ULUG‘, ENG AZIZ” 

tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:


bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;

televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;

internet-jurnalistika;

jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publitsistik janrdagi kitoblar;

yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;

tasviriy sanʼat, foto asarlari va dizayn ishlari;

kino sanʼati asarlari.


Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:


muallif haqida maʼlumotnoma (obyektivka);

muallifning pasport nusxasi;

muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.


Tanlovga 2022 yilning 1 avgustidan 2023 yilning 1 avgustigacha bo‘lgan davrda eʼlon qilingan materiallar – asarlar joriy yilning 15 avgustigacha qabul qilinadi.


Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami arafasida mukofotlanadi va ularning ro‘yxati matbuotda eʼlon qilinadi.


Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari, televideniye va radio ijodkorlarining materiallari hamda internet-jurnalis­tika bo‘yicha ijodiy ishlar “Eng ulug‘, eng aziz” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limining (93 003-21-89) raqamiga ochilgan telegramiga yuboriladi. 


Murojaat uchun telefonlar: 93-003-21-89, 90-229-84-85.


Tasviriy sanʼat, foto asarlari va dizayn ishlari O‘zbekiston “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limining (99-074-05-00) Telegram raqamiga yuboriladi. 

Murojaat uchun telefonlar: 99-074-05-00.


Kino sanʼati asarlari O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi Jizzax viloyat hududiy bo‘limi (93-306-52-48) Telegram raqamiga yuboriladi. 


Murojaat uchun telefon: 93-306-52-48.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар