Jizzax shahri Xayrobod mahallasi bo‘yicha RASMIY MUNOSABAT
Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahri 2 sektor hududiga qarashli Xayrobod mahallasidagi 13 ta ko‘cha abgor holatda ekanligi, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar aholining noroziligiga sabab bo‘layotgani efirga uzatildi.
Mazkur holat yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati va shahar prokuraturasi tomonidan tezkor o‘rganishlar olib borildi.
Ayni paytda Jizzax shahar Xayrobod mahallasi ko‘chalarida shahar Hududiy elektr Tarmoqlari AJ tomonidan jami 22 dona ustunlar o‘rnatilib, 66 ta izolyatorlar o‘tqazib chiqildi. Quvvati 100kv bo‘lgan Transformator Xayrobod mahallasiga oborib qo‘yildi. Endilikda uzunligi 2.5 km bo‘lgan alyumin sim kabellari ustunlar tortilib, transformatorga ulansa, yangi tarmoq to‘liq ishga tushadi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati