Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahar Eski shahar buyum bozori yaqinidagi yoʻlning toʻsilishi yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Jizzax shahar Eski shahar buyum bozori yaqinidagi yoʻlning toʻsilishi yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

24 август 2023 йил
109
0

Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi taʼminoti uzilishi natijasida tadbirkorlar tomonidan Jizzax shahar Eski shahar buyum bozori yaqinidagi yoʻlning toʻsilishi toʻgʻrisidagi tarqalgan xabar bo'yicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali hamda shahar hokimligi axborot xizmatlari tezkor o‘rganish olib bordi.


2023-yil 26-iyulda eʼlon qilingan viloyat va tuman hokimliklari bilan kelishilgan holda tasdiqlangan, quvvat tanqisligi yuzaga kelgan hollarda elektr taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar kiritish boʻyicha ishlab chiqilgan cheklov grafigi (http://t.me/HET_AJ_Jizzakh/4604)ga asosan 2023-yil 24-avgust kuni Eski shahar buyum bozori hududida ertalab soat 10:39 dan 11:18 ga qadar 39 daqiqa davomida elektr energiyasi taʼminotiga cheklov kiritilgan. Bu cheklov dispetcherlik jurnallarida qayd qilingan.
Shuningdek, shahar hokimligi hamda bozor ma’muriyati tomonidan elektroenergiya taqchilligini oldini olish hamda energotejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadida, tadbirkorlarga quyosh panellarini o‘rnatish yuzasidan bir necha marta tavsiya va takliflar berilgan. Ammo, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuqorida keltirilgan taklif va tavsiyalar e’tiborsiz qoldirilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Aniqlangan holatlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

RASMIY MUNOSABAT
08 июль 2023, Суббота
RASMIY MUNOSABAT
NAVBATDAGI MEDIA TUR
25 апрель 2023, Вторник
NAVBATDAGI MEDIA TUR
RASMIY MUNOSABAT
28 март 2023, Вторник
RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
16 февраль 2023, Четверг
RASMIY MUNOSABAT
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар