Jizzaxda “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 18 noyabr kuni Jizzax shahridagi 1-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular o‘rtasida ilm-fan, sanʼat, madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura, dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarni yana-da ommalashtirish, isteʼdodli, tashabbuskor, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika tanlovining Jizzax shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning Jizzax shahar bosqichida 7 ta nominatsiya bo‘yicha 310 nafar isteʼdodli va iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Tanlov hakamlar hayʼati tomonidan yoshlarning ijodiy ishlari va iqtidorlari belgilangan nizom asosida adolatli tarzda baholandi.
Mazkur tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra jami 7 nafar iqtidorli yoshlar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Jizzax shahar Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi