Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10

MILLIYLIK-АYOLLAR NIGOHIDA

03 май 2023 йил
112
0

2023-yil 2-may kuni “Jaholatga qarshi ma’rifat” yo‘nalishida “Milliylik-аyollar nigohida” mavzusida tadbir Jizzax viloyati Arxitektura va qurilish texnikomida o‘tkazildi.

Tadbirda “Qaliya” MFY keksa onaxonlari, opa-singillar hamda Respublika targ‘ibot guruhi vakillari O.Adilova, I.Ahmidova, R.Uzoqova, Jizzax viloyati DXX vakili, Din qo‘mitasi Jizzax viloyat boshqarmasi mutaxassisi Charos Mirzayeva, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliq o‘rinbosari G.Normurodova va Jizzax shahar hokim o‘rinbosari X.Negmanova, viloyat targ‘ibot guruhi rahbari M.Adilova, shahar targ‘ibot guruhi rahbari M.Tojiboyevalar ishtirok etishdi.

“Qaliya” MFY xotin qizlar faoli T.Rasulova  boshqarib bordi. Tadbirni G.Normurodova ochib yig‘ilganlarga tadbirning mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirib, xotin-qizlarning referendumdagi faolligi uchun minnatdorchilik bildirdi hamda yig‘ilganlarga tadbirga tashrif buyurgan Respublika vakillarini tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, milliy liboslarimiz va milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish, oilada bolalar tarbiyasida onalarni ro‘li, mahallarda, oilalarda  diniy muhitni sog‘lomlashtirish to‘g‘risida tavsiyalar berilib targ‘ibot ishlari olib borildi.

Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqan respublika targ‘ibot guruhi vakili R.Uzoqova Jizzax shahrida o‘tkazilayotgan “Ma’naviy-ma’rifiy targibot tadbirlari” jumladan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan”  mavzusidagi tadbirida ishtirok etgan xotin-qizlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


 

Tadbir so‘ngida noan’anaviy keyingan qizlar bilan alohida suhbat o‘tkazilib ularga xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida tushuntirishlar olib borildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

KONSTITUTSIYA HAMMAMIZNIKI
28 март 2023, Вторник
KONSTITUTSIYA HAMMAMIZNIKI
TARG‘IBOT DAVOM ETMOQDA
28 март 2023, Вторник
TARG‘IBOT DAVOM ETMOQDA
TARG‘IBOT DAVOM ETMOQDA
24 март 2023, Пятница
TARG‘IBOT DAVOM ETMOQDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар