Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » QIRG‘IZISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI RAISI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA JIZZAX VILOYATIGA KELDI

QIRG‘IZISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI RAISI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA JIZZAX VILOYATIGA KELDI

11 март 2023 йил
247
0

 Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya Jizzax viloyatida ham bo‘ldi.

Aqilbek Japarov Jizzax viloyatning hududlarida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, xususan tadbirkorlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish korxonalari hamda yoshlarga ta’lim sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, Forish tumanidagi bugungi kunda nafaqat butun mamlakatimiz balki horijiy davlatlarga ham eksport qilinayotgan Bazal’t mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalarning faoliyatini ko‘zdan kechirishdi.


 Shundan so‘ng, Jizzax shahridagi “Sambhram” universiteti hamda Qozon Federal universitetining Jizzax shahridagi filiali tanishib, bu yerdagi shart-sharoitlarni yuqori baholashdi.


“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “ADM Jizzakh” avtomobil zavodiga qilingan tashrif davomida bu yerda ishlab chiqariladigan 13 turdagi KIA, Renault, Chery va Lada avtomobillari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Ikki tomonlama savdo-sotiq, ishlab chiqarish va hududlarni infratuzilmasini yaxshilash borasida tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etgan tashrif davomida delegatsiya a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev  hamrohlik qildi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар