Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » YANGI QABUL QILINGAN MEHNAT KODEKSIDAGI O‘ZGARISHLAR MOHIYATI NIMADA?

YANGI QABUL QILINGAN MEHNAT KODEKSIDAGI O‘ZGARISHLAR MOHIYATI NIMADA?

27 февраль 2023 йил
148
0

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati  O‘rol O‘rozboyev o‘z saylov okrugi hududidagi  Jizzax shahrida  bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuvda yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining mazmun mohiyati tushuntirildi, yangi qabul qilingan Mehnat kodeksidagi o‘zgarishlar mohiyati nimada degan savollarga javob berildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonimizda mehnat bozoridagi vaziyatlar o‘zgardi. O‘zbekistonda mehnat munosabatlariga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga keldi. Mulkdorlar va ish beruvchilarning soni keskin oshdi. Hatto jismoniy shaxslarga ham ish beruvchi maqomi berildi. Bularning barchasi mehnat bozorida ham yangi islohotlarni talab etadi, albatta.

Keyingi vaqtda har bir sohalarga oid qator normativ-huquqiy hujjatlar asosida ko‘pgina yangi institutlar hamda yangi mexanizmlar amaliyotga kiritilganligi Mehnat kodeksining yangi tahririni qabul qilish zarurati paydo bo‘ldi.

Shu ma’noda mazkur sohaga oid qator qonunlar, jumladan, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi, «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi hamda «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ishlab chiqish jarayonida 10 dan ortiq xalqaro tashkilot, jumladan, Xalqaro mehnat tashkilotining qator konventsiyalari, 60 dan ziyod davlat tajribasi o‘rganildi.

Yangi tahrirda kuchga kiradigan Mehnat kodeksi hajmi amaldagi kodeksiga nisbatan 3 barobar katta bo‘lib, 581 ta moddani o‘z ichiga olgan.  Deputat bilan bo‘lib o‘tgan tadbir davomida qizg‘in savol-javoblar tashkil etilib, aholining huquqiy savodxonligi oshirildi.

Jizzax  shahri hududida mavjud infratuzilmalarni o‘rganish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda bu borada olib borilayotgan islohotlarni tushuntirish ishlarini tashkil etish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, sohalar faoliyati barqarorlashuviga to‘siq bo‘layotgan muammolarni tahlil etish va ularga yechim bo‘ladigan tizimlarni ko‘rib chiqish, aholi bilan muloqot qilish va ularning murojaatlarini eshitib, bartaraf etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 25-yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 4-sonli Bayoni 2-bandi, shuningdek, Jizzax viloyatiga tashriflari davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosi xususida mutasaddilar bilan o‘zaro fikr almashildi.

Shaharda 2023-yil uchun bandlik dasturlari ishlab chiqilganligini va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilinib, jami 15591 ta ish o‘rinlari,  shundan 10368 ta doimiy ish o‘rinlari, 668 ta mavsumiy ish o‘rinlari hamda 4555  tasi esa legallashtirish ish o‘rinlarini reja sifatida muhokama etilib,  Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi xususida  kelishib olindi.

Mavjud muammolar mutasaddilar bilan bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olindi. Shaharda o‘tgan yili  “Zargarlik” MFY hududidagi 990 o‘rinli yangi maktab binosi, Olmozor Sity hududidagi 1680 o‘rinli yangi maktab  hamda “Tinchlik” MFY hududidagi 26-sonli maktabga qo‘shimcha 360 o‘rinli bino qurilish holatlari o‘rganildi, mazkur uchta maktab binolari o‘tgan 2022-yilda qurilish ishlari yakunlanmaganligi sababli, 2023-yilda qurilishi davom etayotganligi ma’lum bo‘ldi. Mavjud muammolarni bartaraf etish chora tadbirlari mutasadilar bilan kelishib olindi.

O‘rol O‘razboyev,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA UNGA OID XALQARO HUQUQIY XUJJATLAR
30 январь 2023, Понедельник
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA UNGA OID XALQARO HUQUQIY XUJJATLAR
HUJJAT 6 OYDAN SO‘NG – 2023-YIL 30-APRELDA KUCHGA KIRADI
30 январь 2023, Понедельник
HUJJAT 6 OYDAN SO‘NG – 2023-YIL 30-APRELDA KUCHGA KIRADI
KO'P YILLAR TASHLANMAGAN QADAMLAR BU YIL BOSILDI
27 ноябрь 2021, Суббота
KO'P YILLAR TASHLANMAGAN QADAMLAR BU YIL BOSILDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар