Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahar hokimining navbatdagi yoshlar bilan uchrashuvi Sambhram universitetida bo‘lib o‘tdi

Jizzax shahar hokimining navbatdagi yoshlar bilan uchrashuvi Sambhram universitetida bo‘lib o‘tdi

19 октябрь 2022 йил
293
0

Yoshlar muammolarini oʻrganish va vakolat doirasida hal etish maqsadida Sambhram universiteti konferens zalida Jizzax shahar hokimi Komiljon Xolmurodov hamda talaba yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda 100 ga yaqin talaba yoshlar ishtirok etib, ularning kontrakt to‘lovi masalasi, ishga joylashish masalasi, kasbga o‘rgatish masalalaridagi 20 ta muammo va takliflari tinglandi.

Uchrashuv davomida zamonaviy kasblarni oʻrganish niyatida boʻlgan, ammo moddiy imkoniyati yetmagan yoshlarga, Yoshlar ishlari agentligi orqali "Kelajak kasblari" loyihasi yoʻlga qoʻyilgani va loyihaning maqsadi yuzasidan tushunchalar ham berildi.

Uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiynab kelayotgan muammolari bo'yicha yechim bo'luvchi takliflar va loyihalar bilan tanishishdi.

 Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар