Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » KO'P YILLAR TASHLANMAGAN QADAMLAR BU YIL BOSILDI

KO'P YILLAR TASHLANMAGAN QADAMLAR BU YIL BOSILDI

27 ноябрь 2021 йил
84
0

Joriy yilning 25-noyabr – “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan  O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi yangi loyihaga qo‘l urdi. Unga ko‘ra, 25-noyabrdan 10-dekabrga qadar “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kun faollik” aksiyasi o‘tkazilib, jahon hamjamiyati e’tibori ayollarga bo‘lgan tazyiq va zo‘ravonliklarga qarshi kurashishga qaratiladi. Ushbu loyiha doirasida men ham 29 - son manzil koloniyasidagi mahkuma ayollar bilan o'tkazilgan ochiq muloqotda qatnashdim.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ayollar huquqlarini ta’minlashga, ularning jamiyat hayoti va oiladagi mavqeini mustahkamlash tom ma’noda davlat siyosatining asosiy vazifasi sifatida qamrab olindi, “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” va “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunlar qabul qilindi. To‘g‘ri, bu qonunlar hali yuqori darajada o‘z kuchini ko‘rsatayotgani yo‘q. Buning uchun vaqt va ongli ta’sir kuchi kerak. Muhimi ko‘p yillar tashlanmagan qadamlar bu yil bosildi.

Dastlab mahkuma ayollar yotoqxonasini ko‘zdan kechirdim, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar talab darajasida, suhbat davomida ham hech bir mahkuma muassasa sharoiti yoki xodimlar muomilasidan shikoyat qilmadi. Oylik maoshlari miqdori haqida so‘ralganida 700-800 ming so‘mgacha buyurtmaga qarab ish haqi olishlarini, kasal va pensioner mahkumalar ishga jalb qilinmasligini ta’kidladilar.

Muassasada o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, mahkumalar xohlagan vaqtda  yaqinlari bilan ko‘rishish imkoniyatiga ega ekan.

Ozodlikdan mahkum qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘paytirishni, mahkumalar bilan tizimli ishlar olib borilishini kelgusida ularning hayotga moslashuvchanlik qobiliyatini oshirish va jinoyat yo‘liga qayta kirmaslik maqsadida ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borilishi xususida ham chora-tadbirlar rejasi muxokama qilib har oyning oxirgi kunlarida “Sog‘lom oila - mustaxkam oila” loyihasi doirasida tibbiy ko‘riklar va psixologik treninglar tashkillashtirib borilishi to‘g‘risida ham rejalar tuzib oldik.

Ayollarimiz va qizlarimizga nisbatan zo'ravonlik bizning zamonamizning eng katta muammolaridan biri bo'lib, biz uning yechimini izlashda hali davom etishimiz kerak.

Abdulaziz Xujakov

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati,

"Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida

ochiqlikni ta'minlash masalalari bo'yicha doimiy komissiya"

raisi O'zLiDeP a'zosi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

JIZZAX VILOYATIDA SANOAT KO’RSATKICHLARI
23 сентябрь 2021, Четверг
JIZZAX VILOYATIDA SANOAT KO’RSATKICHLARI
DIQQAT E’LON
16 сентябрь 2021, Четверг
DIQQAT E’LON
“Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha ”
15 январь 2021, Пятница
“Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha ”
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар