QIZ BOLA – OILA KO‘ZGUSI
2023-yilning 16-mart kuni Jizzax shahar kasb-hunar maktabida shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar birgalikda “Qiz bola – oila ko‘zgusi” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida “Har bir bola oilada o‘sishi zarur! Bolaning oiladan ajralishiga birga barham beramiz!” nomli buklet targ‘iboti yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi psixologi Dilfuza To‘ychiyeva tomonidan o‘tkazilgan psixologik suhbatlar natijasida individual suhbatga ehtiyoji bo‘lgan o‘smir qizlar aniqlanib, ular bilan yakka tartibda amaliyot olib borish belgilandi.
Suhbat davomida o‘quvchi qizlar, ustozlar va onalar tomonidan ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Sho‘ba tomonidan bu kabi tadbirlarni yil davomida barcha darajadagi ta’lim muassasalarida o‘tkazish rejalashtirildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati