Kasbidan qadr va sharaf topganlar”
Joriy yilning 29 iyul kuni “O‘rda” istirohat bog‘ida Jizzax shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limining “Kasbidan qadr va sharaf topganlar”mavzusidagi navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Negmatova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2024 yil 24 maydagi PF-81-sonli farmonida nazarda tutilgan yosh oilalarni maʼnaviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshlarda o‘zi tanlagan kasbga bo‘lgan g‘urur va masʼuliyat hissini, ustozlarga, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom, mehnat qilish va xalqimizning boqiy maʼnaviy qadriyatlari ruhida ustoz shogird tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida hamda Davlat dasturiga (https://lex.uz/docs/1112866)muvofiq (https://lex.uz/docs/1112866) yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlashni yana-da kuchaytirish, mehnat faoliyatini boshlash va mustaqil hayotga kirib kelishida ularga zarur yordam ko‘rsatish, tanlagan kasblari orqali o‘z yo‘llarini topishlari lozim ekanligi alohida taʼkidlandi.
Shundan so‘ng Jizzax shahar Hamid Olimjon mahallasida yashovchi, Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Universitetining Falsafa fanlari doktori, professor Axmad Shina Faniya so‘zga chiqib, talabalik davrining ilk yillarini so‘zlarida hayajon bilan so‘zlab, “Kasb insonning tiriklik va tirikchilikdagi manbai hisoblanadi. Kasbini sevgan inson shu kasb orqali sharaf topadi, ulug‘lanadi. Men shuncha yil o‘qiganimdan hamda shu kasbni tanlaganimdan afsuslanmayman. Shu kasbim orqali bir nechta shogirdlar yetishtirdim, Bundan men juda ham faxrlanaman”. Hozirgi kunda ham Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Universitetida minglab shogirdlari qurshovida baxtli ustozlardan biri bo‘lib ish faoliyatini davom ettirib kelayotganligini bildirib o‘tdi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati