Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahrida kredit qarzni to‘lamaganlik uchun 98 ta 27,1 milliardlik aktivlar auksionga chiqarildi.

Jizzax shahrida kredit qarzni to‘lamaganlik uchun 98 ta 27,1 milliardlik aktivlar auksionga chiqarildi.

29 июль 2024 йил
60
0

Bank kreditlari ko‘pchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidar tartibda undirish to‘g‘risida ijro varaqasi chiqariladi. Ko‘p xollarda qarzdor kredit bo‘yicha majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar.

Byuroning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning boshidan 2038 dan ortiq ijro hujjati bo‘yicha 113,5 mlrd. so‘m qarzdorlik bank foydasiga undirilgan.

Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha jami 130ta 53,6 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 98 ta 27,1 mlrd. so‘mlik mulklar elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар