RASMIY MUNOSABAT
Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax shahri markazidagi aholi zich joylashgan hududdagi maktab sport maydoni uy-joy qurish uchun tadbirkorga sotib yuborilgani to‘g‘risida tanqidiy material eʼlon qilingan edi.
Holat yuzasidan shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan Davlat kadastrlar palatasi Jizzax shahar filialiga so‘rov yuborildi.
Davlat kadastrlar palatasi Jizzax shahar filiali tomonidan Jizzax shahar Zargarlik mahallasi hududida Xakimov Diyorjon Baxtiyor o‘g‘liga tegishli savdo do‘koni o‘rganilib chiqilganda , ushbu savdo do‘koni yer maydoni 77 m2 tashkil etib , Zargarlik mahallasi hududida joylashgan Xalq ta‘limi vazirligiga qarashli bo‘lgan 19-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktab hududida joylashmaganligi aniqlandi. Hozirda ushbu savdo do‘koni 19-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktab hududiga hech qanday ta‘siri va chegaralar buzilishi aniqlanmaganligini ma‘lum qilamiz
Davlat kadastrlar palatasi Jizzax shahar filiali