Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10

YANGILANAYOTGAN SHAHAR

13 июль 2023 йил
97
0

 

Jizzax shahar “Zargarlik” MFY hududida joylashgan yangi 990 o’rinli maktab binosini pudratchi “MUKAMMAL QURILISH SAVDO” MCHJ tomonidan qurilish ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda.

 

 

Yangi maktab binosini qurish uchun Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodovning 2022-yil 18-yanvardagi 19-3-55-Q/22-sonli qarorida belgilangan.

 

 

Maktabda 12x24 o‘lchamli sport zali, oshxona, faollar zali, kimyo, biologiya, fizika, ingliz tili, kutubxona, mehnat xonasi, ma’muriyat xonalari, fan xonalari va boshqa xonalar mavjud bo‘lib, xonalar soni 65 tani tashkil etadi.

 

 

Hozirgi kunda ushbu hududda maktab 1 ta bo‘lib, 1960 o‘ringa mo‘ljallangan ammo 4215 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Qatnovlilik koeffitsiyenti 2,2 ni tashkil etadi. Yangi 990 o‘rinli maktab faoliyati boshlansa, qatnovlilik koeffitsiyentini 1,4 ga tushishiga erishiladi.


Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар