TA’TIL MAROQLI O‘TMOQDA
Jizzax viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan tizimdagi maktab o‘quvchilarini kuzgi taʼtilda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida teatr, muzey va tarixiy obidalarga sayohatlar tashkil etish reja-grafigi ishlab chiqilgan.

Mazkur reja-grafik ijrosini taʼminlash maqsadida, bugun shahar maktablari o‘quvchilari uchun Sharof Rashidov, Hamid Olimjon hamda Zulfiya muzeylari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Bunday sayohatlar o‘quvchilarning ta’tilni yanada maroqli va mazmunli o‘tkazishi, eng muhimi, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati