Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » SHAHARSOZLIK VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI SOHALARI MUTAXASSISLARINI SERTIFIKATLASH TIZIMINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA

SHAHARSOZLIK VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI SOHALARI MUTAXASSISLARINI SERTIFIKATLASH TIZIMINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA

28 сентябрь 2023 йил
195
0

Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishda amaliyotga tatbiq etilgan yangicha yondashuvlarni o‘rgatish hamda ularni sertifikatlash tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining:
a) “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son qarori bilan:
2023-yil 1-oktabrdan boshlab seysmik xavfsizligi II, III va IV toifadagi bino va inshootlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni sertifikatlash tartibi joriy etilganligi;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislarni sertifikatlash doirasida o‘quv kurslarini sifatli tashkil etish, ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish va buning uchun milliy trenerlar korpusini shakllantirishga mas’ul davlat boshqaruvi organi etib belgilanganligi;
b) “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoni bilan:
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida Arxitektura, qurilish, muhandislik va kommunal xo‘jalik sohalarida kadrlar tayyorlash (jumladan, maxsus maqsadli), qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning malakasini baholash bo‘yicha ixtisoslashgan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti (keyingi o‘rinlarda — institut), shuningdek, uning asosiy funksiyalarini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalari — Arxitektorlar va muhandislar oliy maktabi, Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi, Malakani baholash markazi hamda ularning hududiy filiallari (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan) tashkil etilganligi;
2023-yil 1-oktabrdan boshlab shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalaridagi mutaxassislarni (keyingi o‘rinlarda — mutaxassislar) ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha har uch yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etilganligi;
mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha ishchi organ funksiyasi institutga yuklanganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab sertifikatga ega bo‘lmagan:
mutaxassislarga xavflilik darajasi II, III va IV toifali qurilish obyektlarining, shuningdek, budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan I toifali qurilish obyektlarining arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, texnik nazoratni amalga oshirish, qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish va nazorat o‘lchovini amalga oshirish;
jismoniy shaxslarga ko‘p kvartirali uylarning boshqaruv organlariga rahbarlik qilish taqiqlanadi.
4. Mutaxassislarni davriy sertifikatlashni joriy etishda ustuvor yo‘nalishlar sifatida quyidagilar belgilansin:
shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, shaharsozlik, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlar, yong‘inga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish;
qurilish-montaj ishlarida pudratchi, buyurtmachi, loyihachi va qurilish organlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, tasdiqlangan loyiha hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, shuningdek, qurilish-montaj ishlarining xavfga uchrashi mumkinligi yuqori bo‘lgan bosqichlarida davlat qurilish nazoratini olib borish;

obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, obyektni o‘z muddatida foydalanishga topshirish yuzasidan shartnoma majburiyatini bajarish, birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlash bo‘yicha texnik nazoratni olib borish;
qurilish obyektining murakkablik, xavflilik darajalari va obyektga borish muntazamligidan kelib chiqib, obyektning texnologik, me’moriy-qurilish va boshqa texnik yechimlari, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tasdiqlangan loyiha hujjatlarida ko‘zda tutilgan yechimlar hamda ko‘rsatkichlarga muvofiqligi yuzasidan mualliflik nazoratini amalga oshirish;
qurilish obyektida haqiqatda bajarilgan fizik ish hajmlarni loyiha hujjatlari, oferta va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisob-faktura asosida o‘lchovdan o‘tkazish, loyihadan chetga chiqish holatlarini aniqlash, haqiqatda bajarilib, hisobotlarda aks ettirilgan asbob-uskunalar va kommunikatsiya tizimlarining sinovdan o‘tkazilganligini hamda hisobotlarda arifmetik xatolarning mavjudligi va boshqa hisob-kitoblarni nazorat o‘lchovini o‘tkazgan holda tekshirish;
mutaxassislarning belgilangan malaka talablariga mosligini ta’minlash orqali ular bajarayotgan ishlar sifatini oshirish, sohada shaffoflik va raqobatbardoshlikni ta’minlash, xalqaro standartlarga mos ish yuritish mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etib borish hamda aholining hayoti, salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, mulkdorlar huquqini himoya qilishda mutaxassislar mas’uliyatini oshirish.
5. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida rivojlangan davlatlarda qo‘llanadigan ta’lim standartlari asosida sertifikatlanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlardagi o‘quv dasturlarini (keyingi o‘rinlarda — dastur) ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
a) 2023-yil 1-oktabrga qadar:
loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yo‘nalishlar bo‘yicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar;
loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari;
pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar bo‘yicha;
b) 2024-yil 1-yanvarga qadar:
nazorat o‘lchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar;
ekspert tashkilotlari ekspertlari;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari bo‘yicha;
v) 2024-yil 1-aprelga qadar:
tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari;
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari bo‘yicha.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq yuqori malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, ilg‘or xorijiy standartlar asosida dasturlarni ishlab chiqish uchun zarur miqdordagi mablag‘larni respublika budjeti hisobidan ajratsin.
7. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda institutda va uning hududiy filiallarida (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasasi) qurilish sohasi mutaxassislarini o‘qitishni tashkil etsin.
8. Bilim va malakalarni baholash agentligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-noyabrdan boshlab dastur asosida ta’lim olgan mutaxassislarning sohaviy bilimlarini test sinovidan o‘tkazib borish tizimini joriy etsin.
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi, boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida ta’lim muassasasida o‘qib, test sinovlaridan o‘tgan mutaxassislarning sertifikat olishlarini;
test natijalari to‘g‘risidagi axborotlarning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida shakllantirilishini;

QR-kod qo‘yiladigan elektron tarzda shakllantiriladigan sertifikat testdan o‘tgan mutaxassislar tomonidan yuklab olinishini;
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik tarzda sertifikatlangan mutaxassislar reyestri shakllantirilishini nazarda tutuvchi idoralararo ma’lumotlar bazalarining o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlovchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilishini hamda joriy etilishini ta’minlasin.
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, uning tizimidagi va soha tashkilotlarining buyurtmanomalari asosida Arxitektorlar va muhandislar oliy maktabida kadrlar to‘lov-kontrakt asosida maqsadli tayyorlanadi (turli shakllarda, qisqartirilgan muddatlarda) hamda uning bitiruvchilariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi institut diplomi beriladi;
institutda mutaxassislik bo‘yicha turdosh yo‘nalishlarda qayta tayyorlash kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha oliy ma’lumotga hamda mutaxassisligi bo‘yicha 3 yil va undan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan kadrlarni to‘lov-kontrakt asosida kamida olti oy muddat davomida o‘qitish va imtihon natijalari bo‘yicha tegishli diplom bergan holda amalga oshiriladi;
institutda malaka oshirish jarayonlari Vazirlar Mahkamasining “Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 31-maydagi 451-son qarori asosida tashkil etiladi;
institut binosini uning faoliyatiga moslab rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida markazlashgan kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshiriladi.
11. Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga (keyingi o‘rinlarda — sohalar) oid tegishli yo‘nalishlarda kadrlarni maqsadli maxsus tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompetensiya tasdig‘ini olishni xohlovchi jismoniy shaxslarning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini baholash;
o‘qitishning zamonaviy shakllari, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etish;
talabalar va tinglovchilarning amaliyotini nufuzli mahalliy hamda xorijiy korxona va tashkilotlarda tashkil etish;
kafedralar va bo‘linmalarni tarmoq korxonalari, tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga biriktirish hamda hamkorlikda professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va tinglovchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, tadqiqot natijalarini sinovdan o‘tkazish va ilmiy loyihalardagi ishtirokini yo‘lga qo‘yish;
talabalar va tinglovchilarga sohalardagi yangiliklarni, shaharsozlikka oid qonunchilik hamda texnik tartibga solishga oid normativ hujjatlarni mazmun-mohiyatini yetkazish;
sohalarda dolzarb masalalar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar loyihalarini milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish;
ta’lim va ilmiy jarayonga mahalliy va xorijiy mutaxassislarni keng jalb etish, ilg‘or pedagogik tajriba almashish borasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
tashkilot va korxonalar buyurtmalari asosida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish hamda ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda maxsus maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘qitish xarajatlari hamda mutaxassislar malakasini baholash bo‘yicha to‘lovlar miqdorlarini belgilash.
12. Quyidagilar institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
to‘lov-shartnoma asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
talabgorlarning malakasini baholash xizmatlari uchun amalga oshiriladigan to‘lov mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;

ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan, ilmiy-o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqarishdan va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
13. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi:
bir oy muddatda institut ta’sis hujjatlarining tasdiqlanishi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
institutni malakali kadrlar bilan ta’minlash va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish choralarini ko‘rsin;
institutda o‘quv platformalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tajriba asosida tashkil etish choralarini ko‘rsin;
o‘quv kurslari bo‘yicha o‘quv kontentlarini yaratish uchun malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin hamda ularni videodarslar, interfaol dasturlar, tahliliy materiallar va infografikalar bilan boyitish choralarini ko‘rsin;
institut va uning hududiy filiallarida mutaxassislarni o‘qitishni tashkil etsin;
o‘quv jarayonlari uchun milliy trenerlar tayyorlash maqsadida ilg‘or xorijiy mamlakatlardan sohalar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni jalb etsin;
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali mutaxassislarga sertifikatlar berilishini ta’minlasin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.

 A.Urinov

Jizzax tumanlararo
ma’muriy sudining raisi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар