RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax shahridagi Zokir ota choyxonasi atrofidagi daraxtlar suvsizlikdan qurib qolmoqda bu daraxtlarga qaraydigan mutassadilar bormi Jizzax shahrida?” mazmundagi postga
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax shahridagi Zokir ota choyxonasi atrofidagi daraxtlar suvsizlikdan qurib qolmoqda bu daraxtlarga qaraydigan mutassadilar bormi Jizzax shahrida?” mazmundagi postga Jizzax shahar hokimligi matbuot kotibi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati o‘rganishi davomida haqiqatdan ham ekilgan ayrim ko‘chatlarning barglari sarg‘ayib, qurish arafasida turganligi aniqlandi. Ushbu hududda ekilgan daraxtlarni sug‘orish va parvarish qilish Jizzax shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari mas’ul ekanligini inobatga olib, boshqarma xodimlari tomonidan zudlik bilan daraxtlarni sug‘orish ishlari tashkil etildi.
Shuningdek, davlat inspektorlari tomonidan Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullariga daraxt va butalarni vaqtida sug‘orish ishlarini tashkil etishi, aks holda ma’muriy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati.