PF-93-SONLI FARMON IJROSI TA’MINLANMOQDA
2023-yil 5-iyul kuni Jizzax shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash rahbari Bahodir Zulfiqorov va mutasaddi tashkilot rahbari boshchiligida, shahar hududida joylashgan “BEK KOSHONA KAPITAL” MCHJ korxonasida 34 ta MFY hokim yordamchilari va ijtimoiy reestrda turgan, ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtrokida amaliy seminar tashkil etilib, fuqarolarga farmon to‘g‘risida va tashkil etiladigan ish o‘rinlari to‘g‘risida tushunchalar berishdi.
Fuqarolar ushbu farmondan to‘liq tushunchalar olib, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini bildirishdi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)