Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Ma’naviyat festivali davom etmoqda

Ma’naviyat festivali davom etmoqda

17 ноябрь 2022 йил
138
0

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Jizzax viloyatida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialida “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihasi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha davomida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, san’atkorlar, ijodkorlar birgalikda tibbiyot muassasasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi.

Ayqnisa, onaxon va otaxonlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilfuza Rahimova hamda “Nihol” mukofoti sovrindori Adolat Ismoilova bilan yuzma-yuz ko‘rishganidan mamnunligini, ular ijrosidagi qo'shiqlarni sevib tinglashlarini aytishdi.

Madaniy-ma’rifiy uchrashuv davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan 200 dan ortiq jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari sovg‘a qilindi.

 Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар