Investitsiyalar va tashqi savdo sohasida viloyatning soʻnggi yillardagi xorijiy hamkorligi qanday boʻldi?
Soʻnggi besh yilda viloyatimizda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar 2016-yilga nisbatan 19 barobarga ortib 2022-yilda 399,1 mln dollarga yetdi.
2022-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan 83 ta loyihalarning 46 tasi (jamidan 56 %) eksportbop, 37 tasi (44 %) import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.2022-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan 83 ta loyihalarning 46 tasi (jamidan 56 %) eksportbop, 37 tasi (44 %) import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
2023-yil yanvar-oktyabr oylari yakuni natijalari.
Yanvar-oktyabr oylarida jami 473,1 mln. dollar (prognoz 471,6 mln. dollar, ijrosi 100,0 foiz) toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar oʻzlashtirildi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish 162,0 foiz ni tashkil etdi.
Natijada, viloyat iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish boʻyicha Xitoy (153,0 mln dollar), Janubiy Koreya (90,6 mln dollar), Shvetsariya (42,9 mln dollar), Rossiya (37,7 mln dollar), Latviya (37,4 mln dollar), Germaniya (35,8 mln dollar), Buyuk Britaniya (29,2 mln dollar), Italiya (16,6 mln dollar), Belorus (11,4 mln dollar) davlatlari yetakchilik qildi, Jizzax viloyatiga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 20 taga yetdi.