O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistikasi tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Jizzax shahrida 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida quyidagi ko‘rsatgichlarga erishildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliya xizmatlari egallaydi. Shunday qilib, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida ularning ulushi 43,8 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatgichlar savdo xizmatlar (17,4 %), ta’lim sohasidagi xizmatlar (8,7 %), transport xizmatlari bo‘yicha (6,3 %) qayd etildi.
X.Shokirov
Jizzax shahar statistika bo'limi boshlig'i