Jizzax shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi tomonidan 11-noyabr kuni Jizzax shahridagi davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalarida joriy yil 26- martdagi "MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA" gi Prezident Qarori ijrosi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha tasdiqlangan 01/01-474-sonli ishchi guruhi tarkibi va savolnomasiga asosan,16-noyabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax shahar bo‘linmasi xodimlari, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Abdusattorova, shahar hokimligi Axborot xizmati birgalikda Jizzax shahridagi IT yo‘nalishidagi 8-IDUM, Jizzax shahar maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 13-son maktabgacha ta’lim muassasasi, Jizzax shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati tanqidiy va tahliliy o‘rganildi.
Shahar ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlanishicha, Maktabda "MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi Prezident Qarori mavjud. Mazkur qarorga asosan viloyat va shahar hokimining qarorlari mavjud emas. Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar qoniqarli yo‘lga qo‘yilgan. Yillik ish reja bo‘yicha hisobotlar umumiy tarzda yuritilgan. Ta’lim muassasasida “Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi” tuzilgan ammo o‘qituvchilar o‘rtasida “Ma’naviyat va ma’rifat soatlari” tashkil etilishida sustkashlikga yo‘l qo‘yilgan, muhim ijtimoiy-siyosiy mavzularda pedagog xodimlar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmagan. MMIBDO‘ va boshqa o‘qituvchilarga ishchi guruhi tomonidan Prezident Qarorlari, Harakatlar strategiyasi va ijtimoiy-siyosiy mazmunda berilgan savollarga qisman javob bera oldi. Ta’lim muassasasida “Sinf soatlari” tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan va bayonnomalar yuritilgan.
Shuningdek, ishchi guruhi tomonidan Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi faoliyati o‘rganilganda, targ‘ibotchining ish joyida emasligi va faoliyatiga oid hujjatlar mavjud emasligi aniqlandi.
Keyingi manzil Jizzax shahar maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 13-son maktabgacha ta’lim muassasasi (MTM) bo‘ldi. Maktabgacha ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga metodist buyruq asosida mas’ul etib tayinlangan, “Ma’naviyat va ma’rifat xonasi hamda burchagi” tashkil etilib, zarur adabiyotlar va ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlangan. Xodimlar o‘rtasida “Ma’naviyat va ma’rifat soatlari” tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, Jizzax shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodim buyruq asosida tayinlangan. Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda ish reja tasdiqlangan, lekin hisobotlar to‘liq yuritilmagan. Tashkilotda “Ma’naviyat va ma’rifat xonasi” tashkil etilgan.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ta’lim muassasalari va tashkilotlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.O‘rganish ishlari davom etmoqda.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati