«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» respublika tanlovi eʼlon qilindi«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» respublika tanlovi eʼlon qilindi
Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi.
Birinchi yo‘nalishida — «Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud» mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi.
Ikkinchi yo‘nalishda — «Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim» vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan aniqlanadi.
Uchinchi yo‘nalishida — «O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha» ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.
Tanlov joriy yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.
Tanlov haqida (71) 215-51-76 va (71) 239-86-99 telefon raqamlari yoki www.til.gov.uz (http://til.gov.uz/uz/contest/announcement/) sayti orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.