O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5148-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 23-son qarorlariga muvofiq Sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmalarining qo‘shma qarorlariga asosan joriy yilning 15-oktabr kuni Jizzax shahar hokimligining majlislar zalida mahallalarida istiqomat qiluvchi 30 -70 yoshdagi aholidan ixtiyoriy va maxsus sport normativlarini topshirgan erkaklar va ayollar Sport vazirligi tomonidan taqdim etilgan guvohnoma, ko'krak nishoni hamda sport formalari bilan taqdirlandilar.