2024-yil Jizzax viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida Jizzax shahar hamda Xitoy Xalq Respublikasi Inin shahri o‘rtasida birodarlik Memorandumi imzolangan edi.
Ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, tomonlar o‘rtasida savdo sotiqni kengaytirish, investitsiyalar jalb qilish maqsadida, joriy yilning 14-15-avgust kunlari XXR Inin shahri meri boshchiligidagi delegatsiya Jizzax shahriga tashrif buyurdi.Ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, tomonlar o‘rtasida savdo sotiqni kengaytirish, investitsiyalar jalb qilish maqsadida, joriy yilning 14-15-avgust kunlari XXR Inin shahri meri boshchiligidagi delegatsiya Jizzax shahriga tashrif buyurdi.
Tashrifning birinchi kuni- Jizzax shahridagi yirik sanoat korxonalari hamda drayver sohalari hisoblangan "BYD", "ADM Jizzakh", "Irus Kon" korxonalariga tashrif buyurildi va Jizzax viloyat hokimi E.Saliyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yaqin kelajakdagi rejalar, takliflar haqida , o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi.
Tashrifning ikkinchi kuni- delegatsiya aʼzolari shahar hokimi K.Xolmurodov boshchiligida Jizzax shahridagi ijtimoiy soha obyektlari Jizzaxdagi “Sambhram” universiteti , Qozon fedaral universiteti Jizzax filiali, yaqindagina foydalanishga topshirilgan "Kiber arena" sport majmuasi faoliyati va obyektlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, mehmonlar Jizzax shahri Yoshlik mahallasidagi “Yoshlik” savdo majmuasi va Jizzax texno parki bilan ham tanishdi.
Uchrashuv davomida shahar hokimi K.Xolmurodov XXR Inin shahar hokimiga Yoshlik mahallasi hududidagi “Yoshlik” savdo majmuasidan Inin shahar tadbirkorlariga Xitoydan xohlagan turdagi tovarlarni olib kelib sotishlari uchun 100 ta do‘kon ajratishi mumkinligi to‘g‘risida taklif bildirdi.