Hayit ayyomi arafasida keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularni bayram bilan qutlash azaliy qadriyatlarimizdandir.
Xususan, shahar hokimi K.Xolmurodov boshchiligida Qurbon hayiti bayrami arafasida shaharning Nurliobod, Bunyodkor, Qaliya mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan oilalar holidan xabar olindi.