Har yili 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanadi, huddi shunday tadbirlardan biri Jizzax shahrida joylashgan iqtisoslashtirilgan san'at maktabida bo’lib o’tdi. Tadbir shahrimizning iqtidorli yoshlari tomonidan badiiy chiqishlar namoyishi bilan boshlanib rasmlar tanloviga ulanib ketdi.
Shuningdek, tadbir davomida ixtisoaslashtirilgan san’at maktabi o’quvchilari tomonidan ijro etilgan konsert dasturi bolajonlar quvonchiga yanada quvonch bag‘ishladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar badiiy kitoblar to’plami, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.