Kadastr agentligi Jizzax shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Bunyodkor MFY hududidan fuqaro M.M o‘zboshimchalik bilan ayvon o'rnatib olganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan MJtKning 60-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan yozma ogohlantirish xati berildi.
Unutmang! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.