O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 27.03.2024-yildagi “Zukko kitobxon” tanlovini tashkil etish va o’tkazish to’g’risidagi” 100-um-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax shahar adliya bo’limi tomonidan “Zukko kitobxon” tanlovi o’tkazildi.
Tanlovning birinchi bosqichida Jizzax shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli maktablarning 9, 10, 11-sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.
Tanlovda 1-o’rinni 9-maktab o’quvchisi Xamrayeva Malikabonu Elshod qizi egalladi va viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdi.