Uchrashuvda xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning oila a’zolari ishtirok etdi. Uchrashuvda ishlash, o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan fuqarolarning muammolarini aniqlash, og‘ir ahvolga tushib qolganlarga ko‘mak ko‘rsatish, yashash manziliga qaytganlarning bandligini ta’minlash masalalarida suhbat qilindi.
Shahar hokimi Prezidentimiz topshirig‘i bilan migratsiyadagilarni kafolatlangan ish o‘rni, mehnatiga yarasha ish haqlari, munosib sharoitlar bilan ta’minlash hamda huquqlarining himoya qilinishini tartibga solish maqsadida xorijga ishga yuborish bo‘yicha yangi tizim – “Xorijga ish – mahalladan” tamoyili yo‘lga qo‘yilayotganligini ma’lum qildi.Shahar hokimi Prezidentimiz topshirig‘i bilan migratsiyadagilarni kafolatlangan ish o‘rni, mehnatiga yarasha ish haqlari, munosib sharoitlar bilan ta’minlash hamda huquqlarining himoya qilinishini tartibga solish maqsadida xorijga ishga yuborish bo‘yicha yangi tizim – “Xorijga ish – mahalladan” tamoyili yo‘lga qo‘yilayotganligini ma’lum qildi.
Bunda hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni aniqlab, “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi.
Nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi. Shuningdek, kasbiy malakasi bo‘lmagan, xorijiy tillarni bilmaydigan nomzodlar uchun kasb va tilga o‘qitish hamda professional ta’lim muassasalarida maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Muloqot davomida xorijdagi fuqarolar hamda ularning oila a’zolarining murojaatlari, fikrlari hamda takliflari tinglandi. Mutasaddilarga murojaatlarni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.