Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston XDP fraksiyasi hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi U.K.Oʻrazboyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishida muhokama qilingan ustuvor masalalarni aholiga yetkazish maqsadida Jizzax shahar Jizzaxlik va Qassoblik MFY faollar zalida mahalla aholi vakillari, mahalla hududlaridagi tashkilot, korxona xodimlari, mahalla yettilik xodimlari, Xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashi deputatlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Unda «Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va keng jamoatchilikka yetkazish bosh vazifa hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 iyuldagi «Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi
PQ–264-sonli qaroridan kelib chiqib, mustaqillik yillarida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida olib borilgan
Bundan tashqari aholi tomonidan koʻtarilgan muammolar aniqlanib, ularni mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda joyida hal etish choralarini koʻrish hamda respublika darajasidagi tizimli muammolarni umumlashtirgan holda siyosiy partiyalar fraksiyalariga taqdim etish choralari koʻrildi.
Hududlar boʻyicha deputat oʻrganishlari davom etmoqda